Tehron Vashingtonga mintaqani tark etish haqida ogohlantirish berdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSHni o‘z harbiylarini Yaqin Sharqdan olib chiqib ketishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qurolli kuchlari har qanday hujum yoki tahdidni javobsiz qoldirmaydi hamda o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanishda ikkilanmaydi. Avvalroq AQSH Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi voqealardan so‘ng Eronga zarba berganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Eron AQSHning mintaqadagi bazalariga hujum qilgani xabar qilindi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSHni Yaqin Sharqdagi harbiylarini olib chiqib ketishga chaqirdi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Agar xavfsizlikda bo‘lishni istasangiz, mintaqamizni tark eting”, — deya ta’kidladi Aroqchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qurolli kuchlari har qanday hujum yoki tahdidni javobsiz qoldirmaydi. Shuningdek, Tehron o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanishda ikkilanmasligini bildirdi.
Avvalroq AQSH Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi voqealardan so‘ng Eronga zarba berganini ma’lum qilgan, bunga javoban Eron AQSHning mintaqadagi bazalariga hujum qilgani xabar qilingan.































Izohlar 0
…