Uch yildan so‘ng Saudiyadan Turkiyaga poyezd qatnashi kutilmoqda

2 daqiqa o'qish263
Uch yildan so‘ng Saudiyadan Turkiyaga poyezd qatnashi kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri temir yo‘l aloqasini yo‘lga qo‘yish loyihasi keyingi uch yil ichida amalga oshirilishi kutilmoqda.
  • Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog‘lu Al Arabiya nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
  • Loyihaga ko‘ra, temir yo‘l Saudiya Arabistonidan boshlanib, Iordaniya va Suriya orqali Turkiya hududigacha yetib boradi hamda kelajakda Yevropa yo‘nalishigacha kengaytirilishi mumkin.

Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri temir yo‘l aloqasini yo‘lga qo‘yish loyihasi keyingi uch yil ichida amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog‘lu Al Arabiya nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur temir yo‘l kelajakda Yevropa yo‘nalishigacha kengaytirilishi mumkin. Ar Riyod—Anqara temir yo‘l tarmog‘ining qiymati bo‘yicha aniq ma’lumotlar esa yaqin vaqtlarda e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, temir yo‘l Saudiya Arabistonidan boshlanib, Iordaniya va Suriya orqali Turkiya hududigacha yetib boradi. Shuningdek, Iroq ham mazkur transport yo‘lagining bir qismiga aylanishi ehtimoli bor.

Abdulqodir Uralog‘luning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni o‘z temir yo‘l tarmog‘ini allaqachon Iordaniya chegarasigacha yetkazgan. Turkiya esa o‘z navbatida temir yo‘l tizimini Suriya hududigacha kengaytirgan. Hozirgi kunda asosiy e’tibor Suriya va Iordaniyadagi yetishmayotgan qismlarni barpo etishga qaratilmoqda.

“Ayni paytda biz aynan shu yo‘nalish ustida ishlayapmiz. Barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqib, to‘rt davlatni birlashtiruvchi temir yo‘l tarmog‘ini yaratish uchun qanday hamkorlik qilish mumkinligini muhokama qilmoqdamiz. Kelajakda mazkur yo‘l Yevropa qit’asigacha yetib borishi mumkin”, dedi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fors ko‘rfazi davlatlari ham keyinchalik ushbu yirik infratuzilma loyihasiga ulanishi mumkin. Bu bayonot Saudiya Arabistoni transport va logistika xizmatlari vaziri Solih al-Jassir bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng yangradi. Uchrashuv yakunida ikki davlat temir yo‘l sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi.

Shu bilan birga, tomonlar Ar Riyod va Anqarani bog‘lovchi temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llari variantlarini ham muhokama qilmoqda. Bu muzokaralar mintaqadagi geosiyosiy o‘zgarishlar va davom etayotgan mojarolar fonida olib borilmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistoni transport vaziri Solih al-Jassir ham Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida mazkur loyihaning iqtisodiy asoslari 2026 yil oxirigacha tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya, Iordaniya va Suriya orqali Turkiyani bog‘lovchi temir yo‘l mintaqaning transport salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.

Mutaxassislar fikricha, tarixiy temir yo‘l yo‘lagini qayta tiklashga qaratilgan mazkur loyiha mintaqa mamlakatlarini oddiy tranzit hududidan qit’alararo savdo oqimlarini boshqaruvchi muhim markazga aylantirishi mumkin. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat va dengiz yuk tashish sohasidagi uzilishlar fonida muqobil quruqlik yo‘llariga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?