Niqob ortidagi xayriyachi yuzlab insonlar hayotini o‘zgartirmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda niqob ortida xayriya qilib kelayotgan noma’lum shaxs haqidagi hikoyalar ko‘pchilikni ta’sirlantirmoqda. U o‘zini oshkor qilmasdan, og‘ir ahvoldagi oilalar va yordamga muhtoj insonlarga katta ko‘mak bermoqda.
Uning xayriya yo‘li hayotidagi og‘ir sinovdan keyin boshlangan. Otasi insultga uchraganida, u unga qayta harakat qilishni va hayotga qaytishni o‘rgatgan. Aynan shu davrda boshqalarga yordam berish uning asosiy maqsadiga aylangan.
Shundan beri u qimmat tibbiy muolajalar xarajatlarini to‘laydi, muhtoj oilalarga uy-joy sovg‘a qiladi va qiyin vaziyatdagi insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning videolari internetda millionlab tomoshalar yig‘moqda. Ammo xayriyachi hanuz yuzini yashiradi. Uning fikricha, haqiqiy yaxshilik shov-shuvsiz va ko‘z-ko‘z qilmasdan amalga oshirilishi kerak.






























Izohlar 0
…