AQSH–Eron muzokaralari Isroilni tashvishga soldi

Isroilning Channel 12 telekanaliga tayanilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil yuqori martabali mansabdorlari AQSH va Eron o‘rtasida muhokama qilinayotgan memorandumni tanqid qilgan. Bu haqda Gorizont xabar berdi.
Ular Vashington Eronning asosiy talablarining bir qismiga rozi bo‘lganini va bu Tehron uchun muhim siyosiy ustunlik berishi mumkinligini bildirishgan.
Manbalarga ko‘ra, hujjat Eronning yadroviy dasturi, raketa salohiyati va mintaqaviy qurolli guruhlarga ko‘rsatayotgan qo‘llab-quvvatlovi kabi asosiy masalalarni to‘liq hal qilmaydi. Shuningdek, kelishuv Eronga muzlatilgan aktivlarga kirish imkonini berishi, Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi va Tehronga bosimning kamayishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Isroil tomoni ushbu jarayon natijasida AQSHning Eronga ta’sir vositalari kamayishidan va raketa dasturi hamda «Hizbulloh»ni qo‘llab-quvvatlash masalalari yetarli darajada qamrab olinmaganidan xavotir bildirgan.





























Izohlar 0
…