Lavrov: “Barcha jahon urushlarini Yevropa boshlagan”

Lavrov: “Barcha jahon urushlarini Yevropa boshlagan”

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov navbatdagi bayonoti bilan xalqaro maydonda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, insoniyat tarixidagi yirik jahon urushlarining boshlanishida asosiy rol Yevropa davlatlariga tegishli bo‘lgan.

Lavrov, shuningdek, Germaniyani Ukrainadagi ayrim millatchi guruhlar namoyon etayotgan natsist ramzlari va harakatlariga yetarlicha baho bermayotganlikda tanqid qildi.

Vazir Rossiyaning urushda yutqazayotgani haqidagi fikrlarni “xayoliy qarash” deb atab, mamlakat hech qanday ultimatumlarga bo‘ysunish niyatida emasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush davom etmoqda va “adolat qaror topishi uchun barcha choralar ko‘riladi”.

Shu bilan birga, Lavrov hozirgi shakldagi Yevropa tuzilmalari samarali yechim taklif qila olishiga ishonmasligini ham ochiq aytdi.

Ushbu bayonotlar xalqaro jamoatchilik orasida turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar