
Fransiya prezidentligi uchun 7 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasiga ko‘ra g‘alaba qozongan Emmanuel Makron iqtisodiyot, demokratiya va xavfsizlikni mustahkamlash mamlakat oldida turgan asosiy vazifalar ekanini bildirdi. U prezidentlik saylovidan keyingi ilk bayonotida shu haqda so‘z yuritdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Avval xabar berganimizdek, "Olg‘a" harakati asoschisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 65,82 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi.
35 mln (98,26 foiz) byulleten ko‘rib chiqilgandan keyin Makronga 20,4 mln saylovchi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
"Milliy front" partiyasi etakchisi Marin Le Pen 10,6 mln (34,18 foiz) ovoz to‘pladi va o‘z otasi Jan-Mari Le Penning natijalarini deyarli 2 barobarga yaxshilay oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar