Sevgi yo‘lida 443 metrga chiqqan juftlik hibsga olindi

Nyu-Yorkdagi mashhur Empire State Building binosining qariyb 443 metr balandlikdagi cho‘qqisiga noqonuniy ravishda chiqqan ekstremal bloger Ivan Birkus sevgilisi Anjela Nikolauga kutilmagan tarzda turmush qurishni taklif qildi.
Juftlik balandlikda "Muhabbat kuchi hokimiyatga bo‘lgan muhabbatdan ustun kelganida, dunyo tinchlik topadi" degan mazmundagi bannerni namoyish etdi. Ushbu voqea ularning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Biroq romantik lahzalar uzoq davom etmadi. Yerga tushganidan so‘ng ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. Juftlikka noqonuniy ravishda qo‘riqlanadigan hududga kirish, xavfsizlik qoidalarini buzish hamda yana bir nechta modda bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Endilikda ularni asal oyidan avval sud jarayoni kutmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bu juftlikning ilk xavfli sarguzashti emas. Ivan Birkus va Anjela Nikolau dunyoning turli mamlakatlaridagi osmono‘par binolar, ko‘priklar va baland inshootlarga xavfsizlik vositalarisiz chiqishlari bilan tanilgan. Ularning ekstremal hayoti va sarguzashtlari haqida hujjatli film ham suratga olingan.






























Izohlar 0
…