Xitoyda o‘quvchilardan olib qo‘yilgan yuzlab smartfon bolg‘a bilan sindirildi

Xitoyda o‘quvchilardan olib qo‘yilgan yuzlab smartfon bolg‘a bilan sindirildi

Xitoydagi xususiy maktablardan birida o‘quvchilardan musodara qilingan yuzlab smartfon o‘qituvchilar tomonidan bolg‘a bilan sindirildi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir darsga telefon olib kirish taqiqini buzish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini o‘quvchilarga ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.

Yo‘q qilingan smartfonlar avvalroq maktab qoidalariga amal qilmagan o‘quvchilardan olib qo‘yilgan. Qurilmalar bir necha yil davomida saqlangan, ammo egalariga qaytarilmagan.

Telefonlarni bolg‘a bilan sindirish jarayoni o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘tkazilgan. Maktab ma’muriyati shu yo‘l bilan dars vaqtida smartfondan foydalanishga qarshi qat’iy munosabatini ko‘rsatgan.

Voqea ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu chorani maktab intizomini saqlash usuli deb baholagan bo‘lsa, boshqalar o‘quvchilarning shaxsiy mulkini yo‘q qilishni ortiqcha jazo deb hisoblamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar