Jahongir Otajonov yana uylangani va ota bo‘lganini tasdiqladi (video)

Xonanda Jahongir Otajonovning yana bir bor oila qurgani va farzandli bo‘lgani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. San’atkor "Lazizashokuz" loyihasi boshlovchisi Laziza Toymuhamedova bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim savollarga javob berdi.
Suhbat davomida jurnalist xonandaga:
— "Uylanibsiz, nega to‘yingizga chaqirmadingiz?" — deya hazilomuz murojaat qildi.
Jahongir Otajonov esa:
— "To‘y qilmadik, shunchaki nikoh o‘qitdik," — deya javob berdi.
Shunda Laziza Toymuhamedova:
— "Mayli, hech bo‘lmasa tabriklab, sovg‘a-salom bilan borardim," — deya kulib qo‘shimcha qildi.
Bunga xonanda:
— "Xudo xohlasa, hali chaqiramiz," — deya javob qaytardi.
Suhbat davomida Laziza Toymuhamedova san’atkorni farzandli bo‘lgani bilan ham tabrikladi.
— "Chaqaloqli bo‘libsiz, tabriklayman!" — degan tilaklarga Jahongir Otajonov "Rahmat", deya minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng boshlovchi chaqaloqqa qanday ism qo‘yilgani bilan qiziqdi. Xonanda farzandiga Afra ismi berilganini ma’lum qildi.
— "Bu ismning ma’nosi nima?" — degan savolga esa san’atkor:
— "Tuproq degan ma’noni anglatadi," — deya qisqa javob berdi.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar Jahongir Otajonovni oilasidagi quvonchli voqea bilan samimiy tabriklab, qizalog‘iga qo‘yilgan Afra ismini chiroyli va o‘ziga xos tanlov deya e’tirof etishdi.






























Izohlar 0
…