"Ippodrom" bozorida kuchli yomg‘irdan keyin odamlarni aravachada suvdan olib o‘tildi ( video)

"Ippodrom" bozorida kuchli yomg‘irdan keyin odamlarni aravachada suvdan olib o‘tildi ( video)

Toshkentdagi kuchli yomg‘irdan keyin "Ippodrom" bozori hududidagi yerosti o‘tish yo‘lagi butunlay suv ostida qoldi. Suv sathi ko‘tarilgani sabab tashrif buyuruvchilar yo‘lakdan odatdagidek o‘ta olmagan.

Shunda bozorda tovarlarni aravachada tashiydigan ishchilar odamlarga yordam berishni boshlagan. Ular xaridorlarni sumka va xaridlari bilan birga aravachalarga o‘tqazib, suv to‘plangan qismdan olib o‘tgan.

Bu jarayon aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Ko‘plab foydalanuvchilar bozor xodimlarining befarq qolmaganini e’tirof etib, ularga minnatdorlik bildirgan.

Ayrimlar esa kuchli yomg‘irdan keyin yerosti yo‘lining bunday ahvolga tushib qolishi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni yana bir bor ko‘rsatganini yozgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar