Ro‘moli sabab qabul marosimidan chetlatilgan birinchi xonim bugun markazda

Turkiya ommaviy axborot vositalari mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an bilan bog‘liq 22 yil avvalgi voqeani yana esga olmoqda. Ularning ta’kidlashicha, 2004 yilda Istanbulda o‘tkazilgan NATO sammiti doirasida Emina Erdo‘g‘an boshida ro‘moli bo‘lgani sababli davlat va hukumat rahbarlari uchun tashkil etilgan rasmiy qabul marosimiga kiritilmagan.
O‘sha vaqtda Rajab Toyib Erdo‘g‘an bosh vazir edi. Unga yuborilgan rasmiy taklifnoma faqat bir kishi uchun rasmiylashtirilgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i tadbirga taklif etilmagan. Turk mediasi bu holatni o‘sha davrdagi «diplomatik chetlatish» sifatida baholamoqda.

Oradan 22 yil o‘tib, Turkiya yana NATO sammitiga mezbonlik qildi. Bu safar esa bir vaqtlar ro‘moli sabab rasmiy qabuldan chetda qoldirilgan Emina Erdo‘g‘an Prezidentlik saroyida jahon yetakchilari va ularning turmush o‘rtoqlarini shaxsan kutib oldi.
Turk ommaviy axborot vositalari bu voqeani mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning ramziy ko‘rinishi sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…