Fransiya va Marokash o‘yinida futbolchilar qanday baholandi?

Fransiya va Marokash o‘yinida futbolchilar qanday baholandi?

FIFA 2026 jahon chempionati chorak finalida Fransiya Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyin futbolchilarning baholari e’lon qilindi. Fransiya safida eng yuqori baho Usmon Dembelega berildi. U 8,4 ball oldi. Kilian Mbappe esa 8,2 ball bilan jamoasining eng yaxshi baholangan o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Fransiya futbolchilari baholari:

• Mayk Menyan — 6,9
• Jyul Kunde — 6,9
• Dayo Upamekano — 8,0
• Vilyam Saliba — 7,1
• Lyuka Din — 7,5
• Manu Kone — 7,4
• Adriyen Rabo — 7,3
Usmon Dembele — 8,4
• Maykl Olise — 7,3
• Dezire Due — 7,5
• Kilian Mbappe — 8,2

Marokash safida eng yaxshi baho darvozabon Yassin Bonoga berildi. U 6,9 ball oldi. Azzedin Unahi 6,6, Idrissi 6,3 ball bilan qayd etildi. Qolgan futbolchilarda baholar 5,6–6,3 oralig‘ida bo‘ldi.

Marokash futbolchilari baholari:

• Yassin Bono — 6,9
• Ashraf Hakimiy — 6,1
• Nayef Aggerd — 5,9
• Adam Masina — 5,9
• Anuar Salax-Eddin — 5,8
• Neyl El-Aynaui — 6,3
• Azzedin Unahi — 6,6
• Bilol El-Xannus — 6,2
• Braim Dias — 5,9
• Ayub Buddadi — 5,6
• Chamsuddin Talbi — 5,7

Umumiy baholarga ko‘ra, Fransiyada hujum va markaziy chiziq vakillari yuqoriroq natija qayd etdi. Marokashda esa Bononing bahosi jamoadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar