Ajrashganlar orasida yangi trend: “ajralish uzugi”

So‘nggi paytlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida “ajralish uzugi” (divorce ring) deb ataladigan yangi trend tobora ommalashmoqda. Endilikda ko‘plab ayollar ajrashgach nikoh uzugini sotish yoki bir chetga olib qo‘yish o‘rniga, uni yangi ko‘rinishda qayta yasatishni afzal ko‘rmoqda.
Bu g‘oyaning mazmuni shundaki, nikoh uzugidagi qimmatbaho tosh yoki metall saqlab qolinadi va u yangi dizayndagi uzukka aylantiriladi. Natijada u o‘tgan hayotni emas, balki yangi bosqich, yangi imkoniyatlar va shaxsiy erkinlikni ifodalovchi ramzga aylanadi.
Masalan, floridalik bloger Deb Marino nikoh uzugidagi olmosni saqlab qolib, unga qizining ramzi sifatida sapfir toshini qo‘shdirgan. U yangi uzukni yasatish uchun qariyb 3 ming dollar sarflagan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, nikoh uzuklari ikkilamchi bozorda sotilganda odatda asl qiymatining atigi 30 foiziga baholanadi. Shu sababli ko‘pchilik uni arzon narxda sotish o‘rniga, qayta ishlatib, yangi ma’no berishni ma’qul ko‘rmoqda.
Bugungi kunda AQSH va Buyuk Britaniyada ko‘plab ayollar ajrashgach o‘z mablag‘i hisobidan platina yoki olmos bilan bezatilgan yangi uzuk yasatmoqda. Ular bu taqinchoqni yangi hayot, moliyaviy mustaqillik va oldinga dadil qadam tashlash ramzi sifatida taqishni odat qilgan.






























Izohlar 0
…