Oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimidagi niqobli shaxs kim edi?

Oyatulloh Ali Xomanaiyning  dafn marosimidagi niqobli shaxs kim edi?

Oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimi vaqtida birinchi qatorda yuziga qora niqob taqqan holda ko‘ringan sirli shaxs ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik uni Eronning yangi oliy rahbari sifatida tilga olinayotgan o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy deb taxmin qildi.

Biroq Iran International nashrining xabar berishicha, marosimda ko‘ringan shaxs Mujtabo Xomanaiy emas, balki marhum oliy rahbarning to‘ng‘ich nabirasi Muhammad Javod Xomanaiy bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, u qora niqob va beysbol kepkasida dafn marosimining oldingi safida turib, aza marosimidagi diniy marosimlarda ishtirok etgan. Aynan uning tashqi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar va muhokamalarni keltirib chiqargan.

Nashrning iddao qilishicha, Muhammad Javod Xomanaiy 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgani aytilgan havo hujumlari vaqtida og‘ir jarohat olgan. Manbalarga ko‘ra, u yuz qismida kuchli kuyish jarohatlarini olgani uchun niqob taqib yurishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, AQSH razvedka ma’lumotlariga tayanib, Mujtabo Xomanaiy ham o‘sha hujumlarda og‘ir tan jarohati olgani haqida xabarlar keltirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Oyatulloh Ali Xomanaiy 86 yoshida vafot etganidan so‘ng uning dafn marosimi olti kun davom etgan. Eron davlat OAV ma’lum qilishicha, marosimlarda 43 milliongacha kishi ishtirok etgan.

Shu bilan birga, Mujtabo Xomanaiy Telegram orqali yozma bayonot e’lon qilib, otasining o‘limi uchun qasos olishga va’da bergani ham xabar qilinmoqda.v

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar