43 yil xo‘jayiniga xizmat qilgan ayol uning biologik qizi bo‘lib chiqdi

Turkiyada ko‘pchilikni hayratga solgan voqea yuz berdi. 71 yoshli Qalbiya ismli ayol umrining 43 yilini tadbirkor Niyoziy Uzmazning uyida, ishxonasida va yozgi hovlisida xizmatkor sifatida o‘tkazgan. Biroq u shu vaqtgacha o‘zi xizmat qilayotgan inson aslida biologik otasi ekanidan bexabar bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Qalbiyaning onasi yoshligida Niyoziy Uzmazdan homilador bo‘lgan. Ammo turli sabablarga ko‘ra chaqaloq boshqa erkakning familiyasi bilan ro‘yxatga olingan va bu haqiqat o‘nlab yillar davomida sir saqlangan.
Voqea Niyoziy Uzmazning vafotidan avval qoldirgan vasiyati ortidan oydinlasha boshlagan. Sud qarori bilan DNK ekspertizasi tayinlanib, o‘tkazilgan genetik tahlil Qalbiya Niyoziy Uzmazning biologik qizi ekanini 99,9 foizlik aniqlik bilan tasdiqladi.
Shundan so‘ng sud Qalbiyani tadbirkorning qonuniy farzandi va vorislaridan biri sifatida tan oldi.
Sud qaroriga ko‘ra, u marhum tadbirkorning merosidan ulush olish huquqini qo‘lga kiritdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol taxminan 1 milliard turk lirasi miqdoridagi merosdan tegishli ulush olishi mumkin. Ushbu noodatiy voqea Turkiya jamoatchiligi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.






























Izohlar 0
…