Ferran Torres Jahon chempionati kubogi nusxasini yerga tushirib yubordi

Ispaniyaning Jahon chempionatidagi ikkinchi g‘alabasini ta’minlagan gol muallifi Ferran Torres mehmonxonaga kirib kelayotganida kichik ko‘ngilsizlikka uchradi.
U jahon chempionlariga topshiriladigan kubok replikasini, ya’ni uning maxsus nusxasini tasodifan tushirib yuborgan. Bu sovg‘a chempion futbolchilarga musobaqadan esdalik sifatida beriladi.
Hodisa kameralar qarshisida sodir bo‘lgani uchun lavhalar tezda internetga chiqdi. Videoda Torresning kubok nusxasi qo‘lidan chiqib, yerga tushgani ko‘rinadi. Ushbu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hazilomuz munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Ferran Torres final uchrashuvidagi hal qiluvchi goli bilan Ispaniya terma jamoasining ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lishiga hissa qo‘shgan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…