Adiz Rajabov va Aysanem Yusupova “Gulayim va Qirq qiz” yangi tarixiy filmi uchun sinovdan o‘tmoqda!

Toshkent shahrida "Gulayim va Qirq qiz" tarixiy filmi uchun videosinov jarayonlari davom etmoqda. Loyiha ijodkorlari asosiy va ikkinchi darajali obrazlarga mos aktyorlarni tanlash maqsadida nomzodlarni kamera qarshisida sinovdan o‘tkazmoqda.
Videosinovlarda taniqli aktyorlar Adiz Rajabov, Aysanem Yusupova va Shohruh Hamdamov ham ishtirok etdi. Ular filmdagi qahramonlarning xarakteri, harakatlari va ruhiy holatini ifodalashga qaratilgan sahnalarni ijro etdi. Har bir aktyorga obrazni ochib berish uchun turli vazifalar berilgan.
Film ustida ishlayotgan jamoa har bir qahramonning tashqi ko‘rinishi, nutqi va xatti-harakatlarini tarixiy muhitga moslashtirishga e’tibor qaratmoqda. Shu sabab videosinovlar loyihaning asosiy tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.
"Gulayim va Qirq qiz" filmi xalq og‘zaki ijodi, milliy qadriyatlar va qahramonlik an’analarini ekranda aks ettirishni maqsad qilgan. Hozircha filmning suratga olish sanasi va premera vaqti ma’lum qilinmagan.































Izohlar 0
…