Otasidan o‘zganlar: Ramzan Qodirovning farzandlari undan ko‘proq daromad oldi

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov respublika hukumatining rasmiy saytida daromadlari haqidagi deklaratsiyani e’lon qildi, deb yozadi Hilol.uz sayti. Hujjatga ko‘ra, Qodirovning voyaga yetmagan ikki farzandining daromadi otasinikidan ko‘proq bo‘lib chiqdi.
Ramzan Qodirov 2016 yilda 11,5 million rubl (200 ming AQSh dollari) ishlab topganini qayd etgan. Rafiqasining daromadi esa 2,1 million yoki 37 ming dollarga teng.
Deklaratsiyaga ko‘ra, Qodirovning ikki farzandi 9,5 million rubldan (175 ming dollardan), ya’ni jami 19 million rubl daromad olgan. Prezidentning qolgan farzandlarining hech qanday daromadi yo‘q.
Ramzan Qodirovning 12 farzandi bor, ulardan 2 nafarini asrab olgan.

Izohlar 0
…