“Begona kiyim” uchun jarima: Tojikistonda hijob,soqol va arabcha kiyim taqiqlandi

Tojikistonda milliy madaniyatga "begona" sanaladigan liboslarni jamoat joylarida kiyishni cheklovchi qonun kuchga kirgan. Prezident Imomali Rahmon hujjatni 2024 yil 20 iyunda imzolagan. Qonun kiyimlarni mamlakatga olib kirish, sotish va targ‘ib qilishga ham taalluqli, deb xabar berdi "Aziya-Plyus".
Hujjatda hijob to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan bo‘lsa-da, "begona kiyim" atamasi amalda islomiy ro‘mol va Yaqin Sharq uslubidagi ayrim liboslarni qamrab olishi mumkinligi qayd etilgan. Shu bilan birga, qonun qabul qilingan paytda taqiqlangan kiyimlarning aniq ro‘yxati ochiqlanmagan.
Tojikiston hukumati bu tartibni milliy kiyinish madaniyatini saqlash, jamiyatda xurofot va diniy mutaassiblik tarqalishining oldini olish bilan izohlagan. Qonun talablariga amal qilmaslik uchun jarima choralari belgilangan.
Qonun jamoatchilikda turli munosabatlarga sabab bo‘lgan. Ayrim fuqarolar ayollar ko‘chalarda to‘xtatilib, hijobini milliy uslubdagi ro‘mol shaklida o‘rash talab qilinayotganidan shikoyat qilgan.































Izohlar 0
…