"Yana qaytishni istaydigan shahar": Rayhonning Frankfurt sayohatidan yangi lavhalar

Xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan Germaniyaning Frankfurt shahri bo‘ylab sayohat qilmoqda. U safar davomida olingan yangi surat va videolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.
Kadrlarda Frankfurtning zamonaviy osmono‘par binolari, tarixiy me’morchiligi, shahar ko‘chalari va Mayn daryosi atrofidagi manzaralar aks etgan. Xonanda shahar unda iliq taassurot qoldirganini yozdi.
"Frankfurt zamonaviy osmono‘par binolar va tarixiy me’morchilik uyg‘unlashgan shahar. Bu yerda har bir ko‘chaning o‘ziga xos ruhi bor, Mayn daryosi esa shaharga alohida fayz bag‘ishlaydi. Frankfurt yana qaytishni istaydigan shahar", deb izoh qoldirdi Rayhon.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…