Endigina tug‘ilgan bolalarini qutqarish uchun olov ichiga bir necha marotaba kirgan mushuk Skarlett!

Endigina tug‘ilgan bolalarini qutqarish uchun olov ichiga bir necha marotaba kirgan mushuk Skarlett!

1996 yilda Nyu-Yorkdagi garajlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bino ichida Skarlett laqabli daydi mushuk va uning endigina tug‘ilgan beshta bolasi qolib ketgan edi.

Yong‘in boshlanganida Skarlettning yolg‘iz o‘zi tashqariga chiqib, jonini saqlab qolish imkoni bor edi. Ammo u bolalarini tashlab ketmadi. Ona mushuk qayta-qayta alanga ichiga kirib, har safar bittadan mushukchasini tashqariga olib chiqdi.

Quyuq tutun, yuqori harorat va og‘ir kuyishlarga qaramay, Skarlett oxirgi bolasini ham xavfsiz joyga yetkazdi. Shundan keyingina u butunlay holdan toyib, mushukchalari yoniga yiqildi.

Uning yuzi va panjalari qattiq kuygan, ko‘zlari ham jiddiy jarohatlangan edi. Biroq beshta mushukchasining barchasi tirik qoldi.

Bu voqea ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqaldi. Davolanishdan keyin Skarlettni mehribon oila o‘z qaramog‘iga oldi. Uning tarixi esa bolalari uchun o‘zini xavfga qo‘ygan ona mushukning sadoqati sifatida eslab kelinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar