Asl ismi Zilola bo‘lgan go‘zal xonanda Shahzodaning bugun tug‘ilgan kuni!

Xonanda va aktrisa Shahzoda 28 iyul kuni 47 yoshga to‘ldi. Asli ismi Zilola Bahodirovna Musayeva bo‘lgan san’atkor 1979 yilda dunyoga kelgan.
Shahzoda o‘zbek tinglovchilariga ko‘plab mashhur qo‘shiqlari orqali tanilgan. U yillar davomida konsert dasturlari, videokliplar va turli ijodiy loyihalar bilan muxlislari e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Tavallud kuni munosabati bilan xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi tabriklarga to‘ldi. Muxlislari va yaqinlari unga samimiy tilaklar bildirib, yangi yoshini baxt, salomatlik va quvonch bilan o‘tkazishini tilashmoqda.
Kuzatuvchilar izohlarda Shahzodaning sahnadagi faoliyati, o‘ziga xos ijro uslubi va tashqi ko‘rinishi haqida ham iliq fikrlar qoldirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…