Kristofer Nolanning "Odisseya" filmi ikki haftada 640 million dollar daromad oldi

Kristofer Nolanning "Odisseya" filmi ikki haftada 640 million dollar daromad oldi

Kristofer Nolanning yangi "Odisseya" kinosi namoyishning dastlabki ikki haftasidayoq jahon bo‘yicha qariyb 640 million dollar daromad oldi. Film Shimoliy Amerikada ham, xalqaro prokatda ham yuqori natijalarni qayd etmoqda, deb xabar beradi "Film.uz".

Ikkinchi dam olish kunlarining o‘zida kartina dunyo kinoteatrlaridan 215,3 million dollar to‘pladi. Birinchi hafta oxiri bilan solishtirganda tushum 18 foizga kamaygan bo‘lsa-da, film prokatdagi yetakchiligini boy bermadi.

"Odisseya"ning budjeti 250 million dollarni tashkil etgan. Bu mablag‘ uni Nolan suratga olgan eng qimmat filmlar qatoriga kiritadi. Kartina Homerning mashhur dostoni asosida ishlangan bo‘lib, unda Odissey obrazini Mett Deymon gavdalantirgan.

31 iyul kuni prokatga "O‘rgimchak odam: Yangi kun" chiqadi. Yangi superqahramon filmi paydo bo‘lishi "Odisseya"ning keyingi haftadagi tushumiga ta’sir qilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar