Futbolchi Hojimat Erkinov oila qurdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov 27 iyul kuni nikoh to‘yini nishonladi. Futbolchining ushbu quvonchli kuni yaqinlari, do‘stlari va ko‘plab mehmonlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda to‘y tantanasi nihoyatda chiroyli va fayzli muhitda tashkil etilgani, mehmonlarning samimiy kayfiyati hamda unutilmas lahzalar aks etgan. Marosim muxlislar tomonidan ham iliq kutib olinib, ular futbolchini yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, baxt-saodat va mustahkam oila tilashmoqda.
Biz ham Hojimat Erkinovni oila qurgani bilan muborakbod etamiz hamda unga oilaviy hayotda baxt, xotirjamlik, sportdagi faoliyatida esa ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilab qolamiz.
Hojimat Erkinov 2001 yil 29 mayda tug‘ilgan. Bu yil futbolchi 25 yoshni qarshi oldi.






























Izohlar 0
…