Istanbul maktablarida endi nomoz o‘qish uchun alohida xonalar tashkil etiladi

Istanbuldagi barcha maktablarda o‘quvchilar va xodimlar uchun namoz o‘qish xonalari tashkil etiladi. Bu haqdagi ko‘rsatma hokim Davut Gul tomonidan imzolangan. 22 aprelda rasmiylashtirilgan hujjat Istanbulning 39 tumanidagi qaymaqomliklarga yetkazilgan.
Ko‘rsatmaga muvofiq, bundan keyin quriladigan maktablarning loyihasida namozxona uchun alohida joy ajratilishi shart. Xona juma namozini birgalikda o‘qishga mos va yetarlicha keng bo‘lishi kerak.
Faoliyat yuritayotgan eski maktablarda yangi bino qurish talab etilmaydi. Ularda mavjud xonalardan mos keladigani tanlanib, namoz o‘qish uchun qayta jihozlanadi.
Shahar ma’muriyati bu qarorni o‘quvchilar hamda ta’lim muassasalari xodimlarining diniy amallarni erkin bajarish huquqi bilan izohlagan. Namozxona maktabning o‘zida bo‘lishi o‘quvchilarning juma kuni tashqariga chiqish ehtiyojini ham kamaytiradi.
Bu orqali juma namozi sabab darslarni qoldirish yoki ta’lim jarayonidan uzoqlashish holatlarining oldini olish rejalashtirilgan.































Izohlar 0
…