Sun’iy dum taqilgan tovuqlar yurishi bilan hammani hayratga soldi

Amerikalik yutuber tovuqlar uchun maxsus sun’iy kiberdum yaratdi. Qurilma qushlarning tashqi ko‘rinishini dinozavrlarga o‘xshatish bilan cheklanmay, ularning yurish tarziga ham ta’sir qildi. Kiberdum taqilgan tovuqlar gavdasini boshqacha tutib, qadimgi dinozavrlarni eslatuvchi harakatlar qila boshladi.
Biologik jihatdan qushlar dinozavrlar bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida ularning tanasi o‘zgarib, uzun dumi yo‘qolgan. Sun’iy dumning og‘irligi esa tovuq tanasining og‘irlik markazini orqa tomonga siljitadi.
Muvozanatni saqlash uchun tovuqlar gavda holatini o‘zgartiradi va oyoqlarini odatdagidan boshqacha bosadi. Natijada ularning yurishi dinozavrlar harakatini eslatadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…