Sloveniya prezidenti ta’tildan qaytayotib avariyaga uchragani aytilmoqda

Sloveniya prezidenti Natasha Pirs-Musar Xorvatiyadagi ta’tildan vataniga qaytayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida davlat rahbari yengil tan jarohati olgan.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng u Izola shahridagi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan zarur tekshiruvlar o‘tkazilgach, uning ahvoli barqaror ekani qayd etildi va prezident uyiga javob berildi.
Mahalliy 24UR telekanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida Natasha Pirs-Musarning bo‘yin suyagi singan. Nashrning yozishicha, prezident avtomashinada xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lgani uchun jarohat olgani taxmin qilinmoqda.































Izohlar 0
…