Xitoylik bloger mushugi uchun 30 ming o‘rindiqqa ega stadion qurib e’tibor markazida bo‘ldi

Xitoylik bloger Sin o'zining Mister Nays laqabli mushugi uchun 30 mingdan ortiq miniatyura o'rindiqqa ega stadion qurdi. U ushbu loyihaga to'rt oydan ziyod vaqt sarfladi va arenani "Sins Uorld" Yutub kanalida namoyish etdi. Stadiondagi ayrim jarayonlarni Siri yordamida ovozli buyruq orqali boshqarish mumkin. Sin avval ham hayvonlar uchun kichik shahar, orol, supermarket va mini-metro qurib, ijodiy videolari bilan jami bir milliard martadan ortiq tomosha to'plagan.
Xitoylik bloger Sin o‘zining Mister Nays laqabli mushugi uchun 30 mingdan ortiq miniatyura o‘rindiqqa ega stadion qurdi. Ushbu noodatiy loyihani tayyorlash uchun bloger to‘rt oydan ziyod vaqt sarflagan.
"Sins Uorld" Yutub kanalida namoyish etilgan arena faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, texnik imkoniyatlari bilan ham e’tibor tortdi. Stadiondagi ayrim jarayonlarni Siri yordamida ovozli buyruq orqali boshqarish mumkin.
Sin avval ham hayvonlar uchun kichik shahar, orol, supermarket va mini-metro qurgan. Uning bunday loyihalari internet foydalanuvchilari orasida keng tarqalgan.
Blogerning aytishicha, uning turli ijodiy videolari jami bir milliard martadan ortiq tomosha qilingan.































Izohlar 0
…