Toshkentda ayol mushukni shavqatsizlarcha zina tutqichiga urgani aks etgan video bahslarga sabab bo‘lmoqda (video)

Toshkentda ayol mushukni shavqatsizlarcha zina tutqichiga urgani aks etgan video bahslarga sabab bo‘lmoqda (video)
Qisqacha

Toshkentda ayol mushukni zina tutqichi va devorlarga bir necha bor urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat foydalanuvchilar orasida keskin norozilik uyg‘otib, ayolning xatti-harakatiga huquqiy baho berish talablari yangradi. Xabarlarga ko‘ra, mushuk qutqarilib, xavfsiz joyga olib ketilgan, biroq uning salomatligi va jarohatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Toshkentda ayolning mushukka shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda u jonivorni zina tutqichi va devorlarga bir necha bor urganini ko‘rish mumkin.

Bu holat tarmoq foydalanuvchilari orasida keskin norozilik uyg‘otdi. Ko‘pchilik jonivorga nisbatan bunday xatti-harakatga huquqiy baho berilishi kerakligini bildirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, mushuk keyinchalik qutqarib olingan va xavfsiz joyga olib ketilgan. Uning salomatligi va qanday jarohat olgani haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

Hodisa yuzasidan mas’ul idoralar tekshiruv boshlagani yoki ayolga nisbatan chora ko‘rilgani haqida rasmiy axborot yo‘q.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar