Pentagonda kutilmagan iste’fo: Ukrainaga yordam berishni muvofiqlashtiruvchi general haydaldi!

Pentagonda kutilmagan iste’fo: Ukrainaga yordam berishni muvofiqlashtiruvchi general haydaldi!
Qisqacha

AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni muvofiqlashtirgan 5-armiya korpusi qo'mondoni general-leytenant Charlz Konstansani xizmat muddati tugashiga 2 oy qolganida lavozimidan ozod etdi. U Polshadagi harbiy kontingentga rahbarlik qilgan hamda Ukrainaga yuborilayotgan harbiy-texnik yordamlarni logistika qilish va NATOning sharqiy qanotidagi qo'shinlarni boshqarishda muhim rol o'ynagan.

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni muvofiqlashtiruvchi va NATOning sharqiy qanotida muhim o‘rin tutgan yuqori lavozimli generalni muddatidan oldin lavozimidan ozod etdi.

Bu haqda Amerikaning ABC News telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.

Xizmat muddati tugashiga 2 oy qolganda keskin qaror

Gap AQSH armiyasining 5-armiya korpusi qo‘mondoni general-leytenant Charlz Konstansa haqida ketmoqda. Manbalarning qayd etishicha, uning Polshadagi harbiy kontingent rahbari sifatidagi xizmat muddati tugashiga atigi ikki oy qolgan edi.

Ma’lumot uchun: General Konstansa boshqargan 5-korpus tuzilmasi AQSH va ittifoqchilar tomonidan Ukrainaga taqdim etilayotgan harbiy-texnik yordamlarni logistika qilish, muvofiqlashtirish hamda NATOning sharqiy chegaralaridagi qo‘shinlarni boshqarishda markaziy rolni o‘ynaydi.

Pentagon rahbariyati Charlz Konstansaning to‘satdan vazifasidan chetlatilishi sabablarini ochiqlamagani turli taxminlarga sabab bo‘lmoqda.

Yangi qo‘mondon tasdiqlandi

Ma’lum qilinishicha, Konstansaning o‘rnini general-mayor Tomas Felti egalladi. Uning nomzodi AQSH Senati tomonidan allaqachon tasdiqdan o‘tgan bo‘lib, aslida ushbu vazifani bajarishga shu yilning oktyabr oyidan kirishishi rejalashtirilgan edi.

Pentagonning ushbu qarori tufayli general Felti o‘z majburiyatlarini muddatidan ilgari qabul qilib olishiga to‘g‘ri keldi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar