Sho‘x Momota ismli oq ayiqcha boshiga konus kiyib, qiliqlari bilan internetni zabt etdi

Yaponiyaning Akita prefekturasidagi akvariumda yashaydigan Momota ismli oq ayiqcha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo'ldi. O'tgan yil dekabr oyida tug'ilgan ayiqcha plastik konuslarni boshiga dubulg'a kabi kiyib olib o'ynashni yaxshi ko'radi. Momotaning onasi uning boshidagi konusni har safar sabr bilan olib tashlashi aks etgan videolar foydalanuvchilarga kulgili tuyulgan.
Yaponiyaning Akita prefekturasidagi akvariumda yashaydigan Momota ismli oq ayiqcha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. O‘tgan yil dekabr oyida tug‘ilgan ayiqchaning o‘yin paytidagi qiliqlari foydalanuvchilarga manzur bo‘lmoqda.
Momota plastik konuslarni boshiga dubulg‘a kabi kiyib olib o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Uning shu holati aks etgan videolar qisqa vaqt ichida internetda keng tarqalgan.
Ayniqsa, Momotaning onasi har safar uning boshidagi konusni sabr bilan olib tashlashi ko‘pchilikka kulgili tuyulgan. Foydalanuvchilar bu manzarani sho‘x bola va uning onasi o‘rtasidagi oddiy holatga o‘xshatishgan.
Izohlarda "Barcha bolalar bir xil" degan fikrlar ham ko‘p uchramoqda. Momotaning o‘yinqaroq harakatlari uni akvariumning eng ko‘p muhokama qilinayotgan jonzotlaridan biriga aylantirdi.































Izohlar 0
…