Bir kunda 1 milliard so‘mdan ortiq: "O‘rgimchak odam: Yangi kun" O‘zbekistonda rekord yangilandi

Bir kunda 1 milliard so‘mdan ortiq: "O‘rgimchak odam: Yangi kun" O‘zbekistonda  rekord yangilandi
Qisqacha

"O‘rgimchak odam: Yangi kun" filmi 6 avgust kuni O‘zbekistonda 1,07 milliard so‘m tushum bilan kinoprokat tarixidagi eng yuqori bir kunlik natijani qayd etdi. Filmni ilk kunida 15 838 nafar tomoshabin ko‘rgan, tushumning 11,5 foizi o‘zbek tilidagi dublyaj qilingan namoyishlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Kartina O‘zbekiston kinoteatrlarida o‘zbek va rus tillarida namoyish etilmoqda.

"O‘rgimchak odam: Yangi kun" filmi 6 avgustdan O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshladi va ilk kunning o‘zida mamlakat kinoprokati tarixidagi eng yuqori kassa tushumini qayd etdi.

"Ascar Cinema"ning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, film birinchi kuni 1,07 milliard so‘m, ya’ni taxminan 90,2 ming dollar daromad keltirgan. Uni bir kunda 15 838 nafar tomoshabin kinoteatrlarda ko‘rgan.

E’tiborli jihati, birinchi kungi umumiy tushumning 11,5 foizi o‘zbek tilidagi dublyaj qilingan namoyishlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Film ayni paytda O‘zbekiston kinoteatrlarida o‘zbek va rus tillarida ko‘rsatilmoqda.

Kartina mintaqaning boshqa davlatlarida ham yuqori natija bilan start oldi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistonda filmning jami tushumi 1 million dollardan oshdi. Ushbu davlatlarda tomoshabinlar soni esa qariyb 200 ming nafarga yetgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar