BLACKPINK 10 yoshda: guruh a’zolari 10 yilligini o‘zgacha tadbir uyushtirib nishonlashdi

BLACKPINK 10 yoshda: guruh a’zolari 10 yilligini o‘zgacha tadbir uyushtirib nishonlashdi
Qisqacha

2016 yil 8 avgust kuni debyut qilgan BLACKPINK guruhi 10 yilligini Seulda to‘rtala a’zo ishtirokidagi maxsus uchrashuv bilan nishonladi. “10 yillik uchrashuv va muloqot” tadbiriga 40 nafar BLINK taklif qilindi. Jisu, Jenni, Roze va Lisa muxlislar bilan muloqot qildi, birgalikda suratga tushdi va yubiley tortini kesdi. BLACKPINK debyutidan buyon K-popning eng taniqli guruhlaridan biriga aylandi.

2016 yil 8 avgust kuni debyut qilgan BLACKPINK guruhi K-pop sahnasidagi 10 yilligini qarshi oldi. Jisu, Jenni, Roze va Lisa 8 avgust kuni Seulda yubiley munosabati bilan maxsus uchrashuv o‘tkazdi.

"10 yillik uchrashuv va muloqot" shaklida tashkil etilgan tadbirga 40 nafar BLINK, ya’ni guruh muxlislari taklif qilindi. Eng asosiy jihati, uchrashuvda BBLACKPINK'ning to‘rtala a’zosi ham birga ishtirok etdi.

Yubiley davomida Jisu, Jenni, Roze va Lisa muxlislar bilan muloqot qildi, birgalikda suratlarga tushdi va 10 yillik munosabati bilan tayyorlangan tortni kesdi.

BLACKPINK 2016 yilda debyut qilganidan buyon K-popning eng taniqli guruhlaridan biriga aylandi. Bu yilgi yubiley esa to‘rt a’zoni yana bir sahna atrofida birlashtirgan maxsus uchrashuv bilan nishonlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar