Qizil gilamchada barchaning e’tiborini tortgan Chanel kolleksiyasidan “oyoq kiyimsiz” poyabzal!

Dunyo1 daqiqa o'qish5.7K
Qizil gilamchada barchaning e’tiborini tortgan Chanel kolleksiyasidan “oyoq kiyimsiz” poyabzal!

Margaret Qualley London shahrida o‘tkazilgan “The Dog Stars” filmi premerasida o‘zining noodatiy qiyofasi bilan e’tibor markaziga tushdi. Aktrisaning Chanel kolleksiyasidan tanlagan libosi va oyoq kiyimi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

Qualley qizil gilamga Chanel'ning 2027-yilgi Resort Collection kolleksiyasiga mansub libosda chiqdi. Biroq uning obrazidagi eng qiziqarli detal oyoq kiyimi bo‘ldi.

Aktrisa brendning oyoq yalang‘ochdek ko‘rinadigan, noodatiy dizayndagi “poyabzalsiz poyabzal” modelini tanlagan.

Dastlab qaraganda, Qualley qizil gilamga umuman oyoq kiyimsiz chiqqandek taassurot uyg‘otadi. Bu chiqish aktrisaning shaxsiy hayotiga oid yana bir detal bilan ham e’tibor tortdi. Qualley Jek Antonoff bilan munosabatlari yakunlangani haqidagi xabarlardan keyin ilk bor qizil gilamda ko‘rindi.

Bu safar uning qo‘lida avval taqib yurgan nikoh uzugi ko‘rinmadi.

Aktrisaning noodatiy oyoq kiyimi va uzuk taqmagani muxlislar hamda moda ixlosmandlari e’tiboridan chetda qolmadi. Ayniqsa, Chanel'ning noodatiy dizayni uning obrazidagi eng ko‘p muhokama qilingan detalga aylandi.

Sizga Margaret Qualleyning bu noodatiy obrazi yoqdimi? Fikringizni izohlarda yozing.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?