
Associated Press agentligi Eron maxsus xizmatiga tayanib, 5 nafar terrorchining ismlarini ma’lum qildi. Ular Mosul va Raqqada “Islom davlati” guruhi tarkibida jang qilgan bo‘lib, ismlari Abu Jihod, Giyam, Ramin, Fariddun va Sarias.
Agentlik xabariga ko‘ra, bu besh jangchi avval vahobiylar ekstremistik tashkilotiga a’zo bo‘lgan, keyinchalik Eronni tashlab ketib, “Islom davlati” guruhiga qo‘shilgan.
Ayni paytda terakt natijasida qurbon bo‘lganlar soni 17 nafarga etdi. Jarohatlanganlar esa 40 nafardan ortiq.
Eslatib o‘tamiz, Mazkur voqea munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik maktubi yo‘llagan edi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar