9 yoshli bola mashhurlik uchun otasining 118 ming dollarini sarfladi

To‘qqiz yoshli maktab o‘quvchisi mashhur bloger bo‘lish ilinjida otasining korporativ kartasidan yashirincha foydalanib, qariyb 118 ming dollar sarflab yubordi.
Ma’lum bo‘lishicha, bola Minecraft o‘yiniga bag‘ishlangan YouTube kanalini ommalashtirish maqsadida yirik blogerlardan reklama sotib olgan. Shuningdek, u o‘z kanali uchun pulli targ‘ibot xizmatlaridan foydalangan.
Eng qizig‘i, bolaning otasi bu xarajatlardan umuman bexabar bo‘lgan. U voqeadan ishxonasida korporativ kartadagi mablag‘lar qayerga sarflanayotgani haqida savol berilganidan so‘ng xabar topgan.
Bola esa kanal obunachilariga boshqacha ma’lumot bergan. U reklama uchun sarflanayotgan mablag‘lardan ota-onasi xabardor ekanini va ular uni qo‘llab-quvvatlayotganini aytgan.
Natijada bolaning mashhurlikka bo‘lgan intilishi oila uchun qariyb 118 ming dollarlik kutilmagan xarajatga aylangan.






























Izohlar 0
…