Turkiya hukumati mamlakat aeroportlari tarmog‘ini kengaytirmoqchi. Bu haqida transport, kemasozlik va aloqa ishlari vaziri Ahmad Arslonning so‘zlariga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil davomida Karaman, Yozgat, Boyburt-Gyumyushxonda yangi aeroportlarni qurishga doir tenderlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
"Mazkur loyiharning ketidan mamlakatning yana to‘rt provinsiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaxabarlashuv yo‘lga qo‘yiladi. Shu bois 2017 yilni Turkiya aeroportlari yili, deb dadil aytish mumkin", - dedi vazir.
Vazirlik rahbarining ta’kidlashicha, transport tuzilmasi - har qanday kuchli, farovon mamlakatning iqtisodiyotidagi ko‘plab sohalarga sezilarli hissa qo‘shuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 14 yilda Turkiyada faol foydalaniladigan aeroportlar soni ikki barobardan ko‘proqqa (26 tadan 55 tagacha) oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»