Xitoyda restoran egasi ikki xodimiga BMW sovg‘a qildi

Xitoyda restoran egasi ikki xodimiga BMW sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan viloyatidagi Szyaotszo shahrida restoran egasi xodimlariga yangi BMW avtomobillarini sovg‘a qildi. U shu orqali ishchilarning yomon ob-havoda elektroskuterda ishga kelishlariga to‘g‘ri kelmasligini istagan. Bu haqda Oxu.Az nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sentyabr oyi oxirida Ma Yanli ismli tadbirkor ayol restoran xodimlari har kuni ishga elektroskuterda kelishini, ayniqsa, ob-havo yomonlashganda yo‘lda qiynalayotganini payqagan.

Shundan so‘ng u o‘z ishida alohida natija ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirishga qaror qilgan. Tadbirkor ayol ularga yangi avtomobillar olib berishga va mashina xarajatlarini to‘liq qoplashga qaror qilgan.

«Yig‘ilish vaqtida rahbar kutilmaganda xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri BMW avtosaloniga olib bordi. Avtomobillar uchun pul oldindan to‘liq to‘langan edi», — deyiladi xabarda.

Ma Yanlining fikricha, barcha xodimlarning hissasisiz restoranni rivojlantirib bo‘lmaydi. South China Morning Post nashrining aniqlik kiritishicha, avtomobillar restoranning eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki xodimiga berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir avtomobilning narxi 45 ming dollarni, ya’ni taxminan 20 million 222 ming qozog‘iston tengesini tashkil etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar