Avstraliya senatori parlamentda chaqalog‘i bilan nutq so‘zladi (video)

Avstraliyalik senator Fotima Peyman parlament majlisida olti oylik qizi Aliyani bag‘riga olib ishtirok etdi. Uning nutqi davomida boshqa senatorlar ham kichkintoy bilan o‘ynab, yig‘ilishga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Bu haqda "India Today" ma’lum qilindi.
25 noyabr kuni Avstraliya Senatida bo‘lib o‘tgan majlisda G‘arbiy Avstraliya vakili, mustaqil senator Fotima Peyman qizini ko‘tarib, minbar oldida nutq so‘zladi. U parlamentdagi muhokamalarda qatnashar ekan, chaqalog‘ini ham yonida olib yurdi.
Majlis davomida senator Lidiya Torp ham kichkintoy bilan muloqot qilib, u bilan «ku-ku» o‘ynadi. Bu holat parlamentdagi rasmiy muhokamalarga samimiy va quvnoq lahzalarni olib kirdi.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, onalik va kasbiy faoliyatni birgalikda olib borish mavzusiga yana e’tibor qaratdi.
Avstraliya parlamentida chaqaloqlarni majlis zaliga olib kirishga ruxsat beriladi. Senatorlar muhokamalarda qatnashish davomida zarurat bo‘lsa, farzandlariga qarashlari yoki ularni emizishlari mumkin.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…