AQShda katta yo‘l ustiga samolyot qulab tushdi

AQShda katta yo‘l ustiga samolyot qulab tushdi
Bugun, 1 iyul kuni AQShning Kaliforniya shtatida ikki motorli samolyot qulashi natijasida ikki kishi jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot yerga qulagandan so‘ng yonib ketgan. Samolyot bortida 50-60 yoshlar atrofida erkak va ayol kishilar bo‘lishgan. Yong‘in kelib chiqishiga qadar qutqaruvchilar ayol va erkakni samolyot bortidan chiqarib olishga ulgurishgan.

Shuningdek, samolyot katta magistral yo‘lda harakatlanayotgan bir mashinaga ham zarar yetkazgan. Mashina haydovchisining ahvoli xavotir oladigan darajada emas.

“Katta yo‘lga qulagan samolyotning faqat bir mashinaga talofat yetkazgani ajablanarli holat. Axir bu yo‘l samolyot qo‘nishi uchun mo‘ljallanmagan”, deydi yong‘in xizmati xavfsizligi bo‘limi xodimi Lerri Kerts.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar