17:03 / 03.07.2017
8 227

Mexiko shahrida odam bosh chanog‘idan bunyod etilgan minora topildi

Mexiko shahrida odam bosh chanog‘idan bunyod etilgan minora topildi
Minoraning yoshi besh yuz yilga teng ekani aniqlandi. U to‘liq odam bosh chanog‘idan tiklangan. Bosh chanoqlar ham erkak, ham ayol, bolalarga tegishli ekani ham laboratoriya sharoitida o‘z isbotini topdi.

Ilgari esa xalq orasida bu minora haqida shunchaki afsonalar kezib yurardi. Meksikaliklar afsonini tinglashning o‘zida dahshatga tushishardi. Mana, olimlarning ikki yil davomida ter to‘kishlaridan so‘ng afsona aslida haqiqat ekani ma’lum bo‘ldi. Tarixiy hujjatlarda yozilishicha, bosh chanoqlari halok bo‘lgan askarlarga tegishli edi. Biroq olimlar bu hujjatlarga shubha nazari bilan qaray boshlashdi va izlanishlarni davom ettirishdi. Qarabsizki, minorada nafaqat halok bo‘lgan askarlar, balki ayollar va bolalar bosh chanoqlari ham mavjud ekan.

— Hozircha jami 676 ta bosh chanog‘ini aniqladik, — deydi biolog-antropolog Rodrigo Bolantos. — Hali qazish ishlari davom etmoqda. Ishonamizki, minorani to‘liq o‘rganib chiqish davomida yana yuzlab bosh chanoqlarini topamiz…
Boshqa mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozir topilgan bosh chanoqlari silindr shaklida juda mustahkam va bejirim ko‘rinishda terib chiqilgan. Ular taxminan 60 metr yuqorigacha balandlikka ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Bu ham yo‘l-yo‘lakay albatta aniqlanadi.

Shunisi ma’lum bo‘ldiki, 1519 yili Ernan Kortes etakchiligidagi Konkistadorlar armiyasi Meksika sohillariga chiqib o‘sha paytda hukmronlik qilgan asteklar imperiyasiga qiron keltirgan. Bosh chanoqlari xuddi o‘sha asteklarga tegishli ekaniga shubha yo‘q.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mexiko shahrida odam bosh chanog‘idan bunyod etilgan minora topildi