
Zimbabve prezidenti, 93 yoshli Robert Mugabe Afrika ittifoqiga million dollar xayriya qilish maqsadida o‘ziga tegishli zotli chorvani sotdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Mugabe bu haqda 3 iyulda ochilgan Afrika ittifoqi sammitida ma’lum qildi.
"Afrikalik va fermer ekanligim sababli, men uchun chorvani qurbon qilish tabiiy holdir: bizning qit’a u bilan boy va chorva boylik to‘plash vositasi hisoblanadi", deb aytdi mamlakatni 1980 yildan beri boshqarib keluvchi Mugabe.
Afrika ittifoqi vakili Mugabe dastlab tashkilotga sigirlarni o‘zini taklif qilganini, biroq ularni Addis-Abebedagi bosh qarorgohda saqlashda muammolar paydo bo‘lishi sababli 300 boshdan iborat podani auksion orqali sotganini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar