14:31 / 10.07.2017
8 771

Qozog‘istonda chaqmoq urishi oqibatida cho‘pon va uning qo‘ylari yonib ketdi

Qozog‘istonda chaqmoq urishi oqibatida cho‘pon va uning qo‘ylari yonib ketdi
Qozog‘istonning Qustanay viloyatida cho‘pon va uning otari chaqmoq urishi tufayli yuzaga kelgan yong‘in oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Otarni qutqarishga harakat qilgan cho‘pon yong‘inda o‘zi ham yonib ketdi. Cho‘ponning sakkiz farzandi bo‘lgan. Otardagi 1500 ta qo‘yning hammasi yong‘inda yonib ketdi.

O‘tgan yilning iyun oyida Qirg‘izistonda yashin oqibatida chiqqan yong‘inda 300 ta qo‘y yonib ketgan edi. Cho‘pon qo‘ylarni Qashqa-Suu yayloviga haydagan. Suuk-Dobo dovonida esa vaqtinchalik tunash uchun to‘xtagan. Otarda 600 nafar qo‘y bo‘lgan. Yashin otarning ustiga tushgan, oqibatda 120 ta qo‘y joyida halok bo‘lgan, 145 ta qo‘y esa qo‘rqqanidan jarlikka sakragan. Cho‘ponning o‘zi esa tirik qolgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda chaqmoq urishi oqibatida cho‘pon va uning qo‘ylari yonib ketdi