Fathulloh Gulen Turkiyaga ekstradisiya qilinish xavfi ostida qolgan bo‘lishiga qaramay AQSh ni tark etmasligini bildirdi. Bu haqda u Reuters agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Mish-mishlar umuman noto‘g‘ri. Agar AQSh meni ekstradisiya qilish maqbul deb hisoblasa, men boraman (Turkiyaga)", - deb aytdi Gulen.
Esingizda bo‘lsa 2016 yilning 15 iyul kuni Turkiyada isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinib ko‘rdi, biroq hukumat uni bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Qarama-qarshiliklar tufayli 246 nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi, hamda 2 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
Turkiya hukumati ro‘y bergan holatda Fathulloh Gulenni aybladi va AQShdan uning ekstradisiyasini talab qildi. Gulenning o‘zi esa isyonni qoraladi va unga aloqador emasligini iddao qilib kelmoqda.
Shuningdek Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an 2016 yil oxirida Rossiya elchisi Andrey Karlovni o‘ldirilishi ham Gulen bilan bog‘liq ekanligini aytdi. Fathulloh Gulen bu holatda ham aloqadorligini rad etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi