02:53 / 14.07.2017
5 455

Tramp Putin bilan “yaxshi munosabatda” bo‘lganini aytdi

Tramp Putin bilan “yaxshi munosabatda” bo‘lganini aytdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp bayonot berib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “juda, juda yaxshi munosabat”da bo‘lganini aytdi.

CBN (Christian Broadcasting Network) asoschisi Pet Robertsonga bergan intervyusida, Amerika rahbari AQSh xuddi Rossiya singari qudratli yadro mamlakat ekanini, shu sababli bu ikki mamlakat “qandaydir munosabatlar o‘rnatmasligidan” ma’no yo‘qligini aytdi. Uning intervyusi 13 iyul kuni CBN orqali namoyish etildi.

Trampning ta’kidlashicha, Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarning muhim jihati harbiy harakatlar kuzatilayotgan Suriyaning katta qismida o‘t ochishni to‘htatish borasida kelishuvga erishish bo‘ldi. (AQSh Suriya qurolli muholifatini, Rossiya esa Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlaydi).

Bundan tashqari Amerika etakchisining aytishicha, Putinga AQSh prezidentlik saylovlarida demokratlar nomzodi Xillari Klintonning g‘alabasi foydali bo‘lardi. Chunki Tramp mudofaaga ajratiladigan harajatlarni ko‘paytirish niyatini bildirgan.

Tramp va Putinning ilk uchrashuvi 7 iyul kuni Gamburgda “Katta yigirmatalik” sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi va belgilangan 35 daqiqa o‘rniga ikki soatdan ortiq davom etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Putin bilan “yaxshi munosabatda” bo‘lganini aytdi