
AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning yozishmalarini mustaqil surishtiruvdan o‘tkazgan respublikachi Piter Smit o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Xabarga ko‘ra, uning jasadi Minnesota shtatida joylashgan Rochester mehmonxonasidagi xonalardan birida 14 may kuni topilgan. Polisiya hujjatlarida aytilishicha, Smit vidolashuv maktubini ham qoldirgan bo‘lib, unda sog‘lig‘i yomonlashgani va hayotining 5 million dollarlik sug‘urta polisi muddati tugab borayotganini yozgan.
Ta’kidlanishicha, o‘z joniga suiqasd qilish The Wall Street Journal’dagi intervyudan 10 kun o‘tib ro‘y berdi. Unda xakerlar Smitga Klintonning yozishmalarini topshirishgani hamda ular yolg‘on emasligi aytilgandi. O‘shanda Smit ushbu yozishmalarga ega beshta xakerlik guruhini aniqlaganini ma’lum qildi. O‘limidan bir kun avval esa Smit o‘z blogida AQSh maxsus xizmatlarining 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuv ishi bo‘yicha xulosalarini tanqid ostiga oldi.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar