08:38 / 25.07.2017
5 972

Misrda yana portlash, qurbonlar bor

Misrda yana portlash, qurbonlar bor
Sinay yarim orolining shimolidagi Al-Arish shahri yaqinida joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti yonida portlash ro‘y berdi. Hodisa oqibatida etti inson halok bo‘lgan. Bu haqda Misr qurolli kuchlari matbuot xizmati feysbukda xabar qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ta’kidlanishicha, terrorchilar nazorat-o‘tkazish punktiga jipda kelib, uni kishilar to‘planib turgan joyda portlatib yuborishga urinishgan. Biroq, Misr hukumat qo‘shinlarining tanki terrorchilarning yo‘lini to‘sib qo‘ygani aytilmoqda.

Shundan so‘ng jangarilar harbiylar bilan otishmaga kirishishdi, keyinchalik tank yonidagi avtomobilni portlatib yuborishdi.

Voqea oqibatida tinch aholi vakillaridan etti nafari halok bo‘ldi: uch erkak, ikki ayol va ikki nafar bola.

Matbuot xizmatidan aniqlik kiritishlaricha, agarda avtomashina o‘tkazish punktida portlaganida, o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgan bo‘lardi.

Avvalroq Misr xavfsizlik kuchlari Sinay yarim oroli shimolida 30 jangarini yo‘q qilgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrda yana portlash, qurbonlar bor