6 avgust kuni Fransiyaning 150 mingdan ziyod aholisi prezident Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makronga qarshi petisiya imzoladi. Ular mamlakat prezidentining rafiqasi rasman Fransiyaning “birinchi xonim”i bo‘lishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.
Emmanuel Makron saylovoldi kampaniyasi vaqtida agar saylovda g‘olib bo‘lsa, uning rafiqasi jamoatchilik bilan bir xil maqomda bo‘ladi va unga soliq to‘lovchilar mablag‘i hisobidan pul to‘lanmaydi, deb va’da bergan edi.
Nashrning xabar qilishicha, Brijit Makronga birinchi xonim maqomi berilishi borasidagi taklif Fransiya Milliy kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Bu harakatga qarshi kampaniyaning tashkilotchisi – Milliy tenglik jamoatchilik harakati boshchisi Terri Pol Valletning petisiya matnida keltirishicha, Brijit Makronning qo‘l ostida ikki yoki uch nafar yordamchisi, 2 kotibi va 2 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari bor. Prezident rafiqasining davlat byudjetidan pul olishi uchun hech qanday sabab yo‘q, deyiladi petisiya xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi