17:31 / 11.08.2017
5 459

Osiyo o‘yinlari arafasida Ashxabodda avtobus haydovchilariga bir xil libos kiydirilmoqda

Osiyo o‘yinlari arafasida Ashxabodda avtobus haydovchilariga bir xil libos kiydirilmoqda
Ashxaboddagi yo‘lovchi avtotransport kompaniyalari haydovchilariga 3-4 kundan beri ishga maxsus uniforma(biror bir korxona uchun tikilgan maxsus libos)da kelish belgilab qo‘yildi. Bir necha yillardan beri oq kuylak, qora shim, qora galstuk va turkman do‘ppisi bilan ishga chiqib kelgan haydovchilar, endilikda Osiyo o‘yinlari uchun maxsus tikilgan yangi uniforma kiyishlari lozim.

Haydovchilar uchun mo‘ljallangan yangi uniforma, bir xil ko‘k rangdagi shim, ko‘k kastyum va ko‘k galstuk, unga qo‘shimcha sifatida do‘ppi – taxyadan iborat.

Uning so‘zlariga qaraganda, hozircha kompaniya xodimlaridan o‘lchovi olingan. Haydovchilarga mo‘ljallangan yangi liboslarning narxi qanchaga tushishi aniq emas.

Osiyo o‘yinlari arafasida Ashxabodda xalqaro musobaqalar uchun sotib olingan o‘ta shinam 640ta avtobusning 200tasi harakatlana boshladi.

Shuningdek, Ashxabodda oq rangli yangi taksilar ham faoliyat yuritmoqda. Taksi haydovchilari ham ko‘k rangli mahsus libos va turkman milliy do‘ppisini kiyib yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Manba: tnews.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyo o‘yinlari arafasida Ashxabodda avtobus haydovchilariga bir xil libos kiydirilmoqda