
Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KQKF) rahbari, muxolifat Aleksey Navalniy Moskva shahar sudining qaroriga javoban fondning bosh vazir Dmitriy Medvedev haqidagi filmini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga chaqirdi. Bu haqida uning Twitter sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Advokat Ivan Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Navalniy rolikni internetdan o‘chirmaydi, shuningdek uni "kesish" niyati ham yo‘q.
"Sud qaroridan qat’i nazar, film to‘liq yo qisman o‘chirilmaydi", - dedi advokat va himoyalanuvchi tomon sud qarori ustidan Moskva shahar sudi prezidiumi va Oliy sudga murojaat qilishini qo‘shimcha qildi.
Bundan avval Moskva shahar sudi muxolifat Aleksey Navalniyning appelyasiyasini inkor qilib, ishbilarmon Alisher Usmonovning g‘alabasini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Sud "U sizga Dimon emas" tergov-filmidan Usmonovga tegishli fragmentlarini o‘chirish to‘g‘risida qaror chiqargan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar